Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pfizer» jahon mamlakatlariga qancha vaksina yetkazib berdi?

«Pfizer» jahon mamlakatlariga qancha vaksina yetkazib berdi?

Foto: «Euronews»

«Pfizer» kompaniyasi 2021-yilning 28-dekabriga qadar dunyo bo‘ylab koronavirusga qarshi 2,5 milliard dozadan ortiq vaksina yetkazib berdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, jahonning 166 mamlakati va hududlari kompaniya vaksinalari bilan ta’minlangan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilning 7-yanvariga kelib, jahonda koronavirusni yuqtirishlar soni 300 milliondan oshdi. Bemorlarning 5 471 856 nafari vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring