Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 37 yoshli erkak koronavirus sabab vafot etdi

Toshkent viloyatida 37 yoshli erkak koronavirus sabab vafot etdi

Toshkent viloyatidan bo‘lgan bemor koronavirus sabab vafot etdi. 

Pskent tumanida yashovchi, 37 yoshli M.M.da (erkak) joriy yil 3 iyulda hansirash, yo‘tal paydo bo‘lgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.

Ammo ahvoli og‘irlashavergach, shu yilning 9 iyulda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

12 iyul kuni esa bemorda o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi belgilari boshlangan va sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring