Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qanotchi» mojarosi». Eksperiment emas, o‘zboshimchalik bo‘lgan deyilmoqda

«Qanotchi» mojarosi». Eksperiment emas, o‘zboshimchalik bo‘lgan deyilmoqda

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda karantin vaqtida restoranning ish boshlashi haqida xabarlar tarqalgani ma’lum qilingandi. Bu holat anchagina shov-shuv keltirib chiqardi va hamma bu tamaddixona orqasida kim turgani bilan qiziqa boshlashdi.

Chunki Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq ko‘ngilochar ob’yektlar, jumladan restoranlar faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik belgilab qo‘yilgan edi.

Bugun yuzaga kelgan vaziyatga Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati aralashdi va shov-shuvga sabab bo‘lgan «Qanotchi» restorani tajriba tariqasida ishga tushirilganini, eksperiment yakuniga yetgan, restoran yopilganini ma’lum qildi.

Biroq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi Toshkent shahar hokimligi xabarini inkor qilmoqda.

Inspeksiyaning xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Yakkasaroy tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazining 2020 yil 9 maydagi bildirgi xatiga asosan Muqimiy va Qushbegi 1-tor ko‘chasi 21-uyda joylashgan «GOURMET RESTAURANT» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli «QANOTCHI» qahvaxonasi karantin talablariga rioya etmasdan o‘zboshimchalik bilan faoliyat yuritgani aniqlangan.

Holat yuzasidan zudlik bilan Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasining buyurtmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Toshkent shahar vakilining 2020 yil 10 maydagi kelishuvi asosida tekshiruv amalga oshirildi.

Tekshiruv davomida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi 21-sonli yig‘ilish bayoniga zid ravishda koronavirus pandemiyasi davrida ruxsat berilmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgani aniqlanib, ushbu korxonaning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Qahvaxona rahbari Agzamov Sardorxo‘ja Erkinovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Yakkasaroy tuman Ma’muriy sudiga kiritilmoqda, - deyiladi inspeksiya xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring