Qashqadaryoda 91 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi

Bugun, 9-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida yashovchi 91 yoshli Oydin Xidirova koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Qashqadaryo SSB Axborot xizmati ma’lumot berdi.
1930-yil tug‘ilgan, Omontepa mahallasi Navro‘z ko‘chasi 30-uyda yashovchi onaxon tumandagi 52-sonli oilaviy poliklinikada emlangan. Ayni paytda qariyb bir asrni qarshilayotgan onaxon o‘zini har doimgidan ham tetik his qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas