Qat’iy karantin cheklovlari rejalashtirilmagan
O‘zbekistonda qat’iy karantin cheklovlarini kiritish hozirda rejalashtirilmagan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev ma’lum qildi.
«Cheklovlar kiritilishining oldini olish uchun ham emlanishimiz kerak», — dedi u.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaning aytishicha, vaksina «omikron»dan himoya qilmaydi. Emlangan odamda kasallik yengilroq o‘tadi, xolos. Uni yuqtirmaslik uchun jamoatchilik yig‘ilgan joylardagi munosabatlarni kamaytirish va gigiyenaga qattiq e’tiborli bo‘lish kerak.
Avvalroq OTMlarda ta’lim jarayoni onlayn formatga o‘tkazilmasligi qayd etilgandi.
Shuningdek, «Omikron» shtammi aniqlangani nega oradan ikki kun o‘tib e’lon qilinganiga izoh berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter