Qirg‘izistonda koronavirusdan vafot etgan shifokorlar soni ma’lum qilindi

Qirg‘iz Respublikasining koronavirusga qarshi kurashish shtabi tibbiy xodimlar orasida koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni haqida yangilangan ma’lumotlarni taqdim etdi.
Qayd etilishicha, pandemiya davrida respublikada 73 nafar tibbiyot xodimi vafot etgan, ularning 44 nafari shifokorlardir.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri Qirg‘izistonda 35 mingdan ziyod kishi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan. Ulardan 1378 nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter