Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda koronavirus yuqtirgan yosh hokim vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda koronavirus yuqtirgan yosh hokim vafot etdi

Bugun Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Ayapbergenovich Tolibayev olamdan o‘tdi.

O‘zA ma’lumotiga ko‘ra,   D.Tolibayev bir necha kun oldin koronavirusga chalinib, kasalxonaga yotqizilgan edi. Biroq, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan bemor vafot etdi.

D.Tolibayev 1983-yil 18-oktyabrda Nukus shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2004 yilida boshlab, uzoq yillar irrigatsiya sohasida turli tashkilotlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

D.Tolibayev 2019-yildan buyon Qonliko‘l tumani hokimi edi.

Eslatib o‘amiz, koronavirus yuqtirish holatlari yuqori rutbali amaldorlar orasida ham uchrab turibdi. 

Jumladan, bugun koronavirusga chalingan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov vafot etgani bo‘yicha mish-mishlar tarqaldi, ammo hokimning o‘zi videomurojaat yo‘llab, barchasi yaxshi ekanini bildirdi. 

Bundan tashqari Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov ham koronavirusdan davolanmoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring