Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 6000 kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 6000 kishidan oshdi

Foto: «RIA Novosti»

Qozog‘istonda COVID-19 tasdiqlanganlar soni 6 mingdan oshdi. Bir kecha-kunduzda mamlakatda 307 ta holat qayd etildi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«Koronavirus infeksiyasini yuqtirish bo‘yicha 307 ta yangi holat qayd etildi (o‘sish tezligi — 5,2%). Mamlakatda jami kasallanganlar soni 6157 kishini tashkil etmoqda», — deyiladi xabarda.

O‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirusni yuqtirganlar eng ko‘p Chimkentda qayd etildi, u yerda 77 ta bemor aniqlandi (o‘sish — 28,6%).

Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus tufayli 34 kishi olamdan o‘tgan, 2980 kishi tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring