Rossiyada koronavirusning janubiy afrika shtammi aniqlandi

«Rospotrebnadzor» Rossiyada koronavirusning janubiy afrika shtammi aniqlangani haqida o‘z saytida xabar berdi.
SARS-CoV-2 izolyatlarini monitoring qilish maqsadida epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib tekshirilgan shaxslar (jumladan, xorijdan kelganlar)dan olingan 8,1 mingta namuna o‘rganilgan.
Izolyatlarning 28 tasi britan shtammi, 2 tasi janubiy afrika shtammi bo‘lib chiqdi. 16 tasi — koronavirusning boshqacha mutatsiyalari, braziliya shtammi esa aniqlanmagan.
Biologlarga ko‘ra, COVID-19ning janubiy afrika shtammi britancha shtammga qaraganda xavfliroq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter