Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada koronavirusning yangi AY.4.2 mutatsiyasi aniqlandi

Rossiyada koronavirusning yangi AY.4.2 mutatsiyasi aniqlandi

«Delta»ning mutatsiyaga uchragan shakli — AY.4.2 koronavirus shtammi Rossiyada qayd etildi. Bu haqda Rospotrebnadzor markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti inson kasalliklarini tashxislashning yangi usullarini ishlab chiqish ilmiy guruhi rahbari Kamil Xafizov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, AY.4.2 versiyasi «delta» shtammining ko‘plab tarmoqlaridan biri bo‘lib, u virusning asl va boshqa turlariga nisbatan xavfliroq bo‘lishi mumkin. Hozircha mutatsiyaning qanchalik yuqumli ekanini aytish qiyin, olimlar bu masalani o‘rganmoqdalar.

Kamil Xafizov ushbu mutatsiya kasallikning yana o‘sishiga olib kelishi mumkinligini istisno qilmagan.  Mutaxassis vaksinalar AYga qarshi ancha samarali ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Delta» shtammi xavfli mutatsiyaga uchragani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring