Samarqand koronavirusdan zararlanishning yangi holatlari bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hozircha Farg‘ona (99 foiz), Buxoro (98 foiz), Andijon (96 foiz) viloyatlarida eng yuqori sog‘ayish ko‘rsatkichlari qayd etilmoqda.
So‘nggi kunlarda Samarqand viloyati koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq yangi holatlar bo‘yicha yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Toshkent shahrida esa xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasidan tasdiqlangan bemorlar hisobiga kasallanish ko‘rsatkichi oshishi kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter