Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 5 yoshli bola koronavirusdan tuzaldi

Samarqandda 5 yoshli bola koronavirusdan tuzaldi

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Toyloq tumanidan 2 nafar, Pastdarg‘om, Urgut, Oqdaryo, Payariq tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan). Ularning 4 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 72 yoshda, yoshi kichigi esa 5 yoshda.

Viloyatda hozirga qadar sog‘ayganlar 274 nafar bo‘lsa, endilikda 281 nafarga yetdi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 2790 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring