Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda maxsus komissiya qarori tadbiq etilmaydi

Samarqandda maxsus komissiya qarori tadbiq etilmaydi

Foto: Xabar.uz

2020-yil 13-may soat 06:00 dan boshlab Samarqand shahri bo‘yicha karantin qoidalari kuchaytirilgan va bu cheklovlar Samarqand shahri uchun o‘z kuchida qoladi.

Viloyatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda viloyat maxsus komissiyasiga mustaqil qaror qabul qilish vakolat berilgan. Shu sababli Samarqand shahrida epidemiologik vaziyat yumshamaganligidan kelib chiqib, qat’iy karantin cheklovlari davom etadi. Respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilangan talablar Samarqand shahri uchun tadbiq etilmaydi.

Shu sababli Samarqand shahrida karantin cheklovlari yumshatilmaganligini inobatga olib, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni ogohlantirgan.

Unga ko‘ra, ehtiyojlar uchun bozor, do‘kon yoki dorixonalarga chiqilganda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, o‘zida kasallik belgilarini sezgan shaxslar zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qilish, karantinning barcha cheklovlariga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

Ko‘chada bemaqsad yurgan fuqarolar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar, deyiladi Samarqand IIB axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14-maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 1-iyunga qadar uzaytirilgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarning yangi talablari belgilandi. Shuningdek, 2020-yil 18-may kunidan boshlab hududlarda karantin qoidalari ancha yengillashtirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring