Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifoxonada davolangan 42 yoshli bemor koronavirusga chalinib hayotdan ko‘z yumdi

Shifoxonada davolangan 42 yoshli bemor koronavirusga chalinib hayotdan ko‘z yumdi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi 42 yoshli fuqaro T.A. (erkak) shu yilning 29 iyundan 12 iyulga qadar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining jarrohlik bo‘limida o‘tkir pankreatit, o‘t qopi jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash amaliyoti, gemoragik pankranekroz, oshqozon osti bezini drenajlash tashxisi bilan davolangan. Shuningdek, bemordan «COVID-19» infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga o‘tkir total yog‘li pankreonekroz, o‘tkir xoletsistit, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramasdan, ikki tomonlama pnevmoniyadan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring