Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya karantindan bosh tortganidan afsusdami?

Shvetsiya karantindan bosh tortganidan afsusdami?

Foto: «dailymail.co.uk»

Shvetsiyalik yetakchi virusolog Anders Tegnell hatto bir kun ichida koronavirus tufayli kasallanish va o‘lim holati sezilarli kamaygan bo‘lsa-da, karantindan bosh tortish to‘g‘ri yo‘l bo‘lganiga unchalik ishonchi komil emasligini tan oldi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

Aynan Tegnell mamlakatda odatiy hayot tarzini davom ettirish va qat’iy choralardan bosh tortish tarafdorlaridan biri sanaladi. Pandemiya e’lon qilinishiga qaramay, Shvetsiyada maktablar, restoran va barlar faoliyatini davom ettirmoqda.

«Eng muhimi, o‘zimizda mavjud bilim va vositalardan imkon qadar foydalanish kerak, deb hisoblayman. Hamisha kamtar bo‘lish zarur, chunki o‘z fikringizni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin», — dedi ekspert.

1-may kuni Shvetsiyada 428 kishi koronavirusga chalindi, 67 kishi vafot etdi. 30-aprel kuni esa 790 ta kasallanish holat qayd etilib, 124 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.

Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashning shvedcha modeli ko‘pgina bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Uning o‘ziga xosligi karantin va tashkilotlarni vaqtincha yopishdan bosh tortish hisoblanadi. AQSh prezidenti Donald Tramp: «Shvetsiya bu qaroridan qattiq pushaymon bo‘ladi», deya tanqid qilgandi.

Shunga qaramay, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining fikricha, karantin bekor qilingandan so‘ng Shvetsiya normal hayot namunasiga aylanishi mumkin.

Ma’lumlarga ko‘ra, Shvetsiyada 22 ming kishi koronavirusni yuqtirgan. Pandemiya oqibatida jami 2,6 ming kishi olamdan o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring