Shvetsiya qiroli dahshatli xatoni tan oldi
Qirol COVID-19 tufayli mamlakatda karantin joriy etilmagani noto‘g‘ri qaror bo‘lganini ma’lum qildi.
Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav hukumatning koronavirusga qarshi kurashish strategiyasi muvaffaqiyatsiz chiqqanligini «SVT Nyheter» telekanali orqali e’lon qildi.
«Menimcha, biz xatoga yo‘l qo‘ydik. Ko‘pchilik qurbon bo‘ldi, bu dahshat», – dedi qirol har yili aholiga qiladigan murojaatida.
Uning izohlashicha, hukumat bahorda qat’iy cheklov choralaridan voz kechib, o‘n minglab odamlarning hayotini xavf ostiga qo‘ydi. Natijada, Shvetsiyada COVID-19 qurbonlari soni qo‘shni davlatlarga qaraganda bir necha baravar ko‘p bo‘lib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, pandemiyaning birinchi to‘lqinida Stokgolm qat’iy karantin joriy etmadi. Xususan, Stefan Leven hukumati ta’lim muassasalari, bar va restoranlar hamda fitness-klublarni yopishdan bosh tortdi.
Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Shvetsiyada 357,5 ming kishi COVID-19ga chalingan bo‘lib, 7893 bemor hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter