Shvetsiyada kuniga 60 kishi koronavirus qurboniga aylanyapti

«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusdan o‘lim holati ayni paytda barqarorlashib, kuniga o‘rtacha 60 nafarni tashkil etmoqda — bu haqda mamlakat bosh epidimiologi Anders Tegnell ma’lum qildi.
Bugungi kungi ma’lumotga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 1,3 ming nafardan oshdi, jami kasallanganlar soni — 12,5 ming nafar.
Mamlakat sog‘liqni saqlash agentligi yuqori o‘lim holatini qariyalar uylariga kasallik tarqab ketgani bilan izohladi. Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, poytaxt Stokgolmda koronavirusdan vafot etganlarning qariyb yarmi qariyalar uylarida yashaganlar.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, Shvetsiyada boshqa mamlakatlardagidek qattiq cheklov choralari joriy etilgan emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter