Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sodiq Safoyev: «Shunday qaltis vaziyatda to‘y o‘tkazish qahramonlik emas, balki jinoyatdir»

Sodiq Safoyev: «Shunday qaltis vaziyatda to‘y o‘tkazish qahramonlik emas, balki jinoyatdir»

Foto: Xalqaro press-klub

Bugun, 23-mart kuni Xalqaro press-klub COVID-19ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiya tashkil qilindi. Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev qatnashdi.

Sodiq Safoyev chiqishidan iqtiboslar:

  • Mana shunday ofatlar jamiyat o‘z izmidan chiqqanda, ya’ni urshlar, ziddiyat, o‘zaro kelishmovchiliklar avjiga chiqqanda eshigimizni qoqadi. Bu esa aslida xabar. Hushyorlikka chaqiruv.
  • Insoniyat xavf ostida, biz o‘tkinchi ziddiyatlardan o‘zimizni chegaralay olishimiz kerak.
  • Urushlar va shu singari epidemiyalar insonlarning eng yaxshi va eng jirkanch fazilatlarini namoyon qiladi.
  • Tekshirish, kuzatish, izolyasiya va to‘g‘ri xabar berish, ushbu muammodan chiqishimiz uchun juda muhim.
  • Shunday qaltis vaziyatda to‘ylarni o‘tkazish bu qahramonlik emas, balki jinoyatdir. Hozir soxta qahramonlik qiladigan vaqt emas.
  • O‘zbek xalqi o‘z mehribonligi, bag‘rikengligi bilan hech bir boshqa millatdan kam emas.
  • Inqiroz davrida eng xavfli narsa – sarosimaga tushishdir. Bu juda katta xatolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring