Tojikistonda ahvol og‘ir: koronavirusga chalinganlar soni keskin oshmoqda

Bugun, 18-may kuni kechga kelib Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 1729 kishiga yetdi. Bu haqda COVID-19 masalalari bo‘yicha yagona milliy portalida xabar berildi.
O‘tgan bir kun davomida SARS-CoV-2 koronavirusi 205 kishida qayd etilgan va qurbonlar soni yana ikki kishiga ko‘paydi: jami 41 nafar. Kasallanganlarning hali birortasi sog‘ayib chiqqani yo‘q.
COVID-19ga duchor bo‘lib vafot etganlar soni bo‘yicha Tojikiston hozirgi kunda Markaziy Osiyoda birinchi o‘ringa chiqib olgan. Taqqoslash uchun: Qozog‘istonda 34 kishi, Qirg‘izistonda 14 kishi, O‘zbekistonda 13 kishi vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter