Tojikistonda bir sutkada bir necha qurbon qayd etildi

O‘tgan sutka davomida Tojikistonda koronavirus tashxisi qo‘yilgan olti nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
14 maydagi holatga ko‘ra, koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 29 kishini tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda ilk koronavirus infeksiyasi aniqlanganiga ikki hafta bo‘ldi. Shu vaqt ichida koronavirus bilan og‘rigan bemorlar soni rasmiy xabarlarga ko‘ra 907 kishiga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter