Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda bittayam kovid-bemor qolmadi — Tojikiston SSV

Tojikistonda bittayam kovid-bemor qolmadi — Tojikiston SSV

Foto: «Centralasia.news»

«CentralAsia.news» xabar berishicha, 2021-yilning 13-yanvar holatiga, Tojikistonda koronavirus bilan kasallangan bittayam bemor qolmadi. Mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vazirligi shu kuni bergan xabarda koronavirusdan tuzalgan so‘nggi 3 nafar bemorga uyiga javob berilgani aytiladi.

Koronavirus pandemiyasida davrida Tojikistonda virusni yuqtirish bo‘yicha jami 13 308 holat aniqlangan, bemorlarning 13 218 nafari sog‘aygan, qurbonlar — 90 nafar.

Tojikistonda koronavirusni yuqtirish holati ilk marta 2020-yilning 30-aprelida tasdiqlangandi. Eng ko‘p kasallanishlar yoz va kuzda kuzatildi. 2021 yilda jami 12 ta holat qayd etilgan.

«Worldometer»da ham Tojikistondagi kovid-bemorlar soni — 0: 

Manba: «Worldometer»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring