Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanish 600 foizga oshdi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanish 600 foizga oshdi

Foto: «Pixabay»

Tojikistonda bir haftada koronavirus bilan kasallanish holatlari 638 foizga oshdi, deb yozmoqda «Argumenti.ru». Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Olti baravar o‘sish sababi noma’lum.

O‘tgan oy oxirigacha Tojikiston koronavirus qayd etilmagan sanoqli mamlakatlardan biri bo‘lib qolayotgandi. 30-aprel kuni esa mamlakatda 15 kishida koronavirus borligi ma’lum qilindi. Ikkinchi kuni yana shuncha bemor aniqlandi.

Qolgan kunlardan kasallik qayd etilishi osmonga sakrab ketdi va 10 kunda 612 nafarga yetdi.

Tojikistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati 2 may kuni qayd etildi va ayni paytga kelib 20 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring