Tojikistonda koronavirusga chalinganlar va qurbonlar soni keskin oshdi

Bugun, 7-may kuni Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 82 nafarga ko‘payib, jami 461 kishiga yetdi. So‘nggi bir sutkada to‘rt nafar bemor COVID-19 kasalligidan vafot etdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 6 may kuni koronavirusga chalinganlar soni 379 kishini, qurbonlar soni esa sakkiz kishini tashkil qilgan. Bir kun o‘tib, kasallanganlar soni 461 kishiga, qurbon soni esa 12 kishiga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqin vaqtgacha Tojikiston koronavirusdan ъoli hudud deya e’lon qilinayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter