Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent va Samarqandda yana aholi orasida kasalliklar aniqlandi

Toshkent va Samarqandda yana aholi orasida kasalliklar aniqlandi

Foto: SSV

Bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 44 holatning 32 nafari karantin muassasalaridan, 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 8 nafari (Toshkent shahri 4, Samarqand viloyati 4) esa aholi orasidan aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Kun davomida 34 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3488 nafar bemordan 2728 nafari butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 746 nafar bemor yurtimizning 7 xududidagi tibbiyot muassasalarida davolanishmoqda. Ulardan 7 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bugun mamlakatimizda uy karantiniga 1199 nafar fuqaro olinib, 1383 nafar fuqaro chiqarildi.

Statsionar karantinga esa 671 nafar fuqaro olinib, 1484 nafar fuqaro o‘z uyiga kuzatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring