Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga yana bir million doza vaksina keltirildi

Toshkentga yana bir million doza vaksina keltirildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Hozirgina ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi yurtimizga olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 14 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

- 370 ming dozasi «Sputnik V»,
- 710 ming dozasi AstraZeneca,
- 10,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar 9 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida foydalanildi. Shuningdek, kecha emlashlar miqdori 426 ming dozadan ortib, kunlik vaksinatsiya bo‘yicha rekord o‘rnatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring