Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tunisda tana haroratini dronlar yordamida o‘lchaydigan bo‘lishdi

Tunisda tana haroratini dronlar yordamida o‘lchaydigan bo‘lishdi

Foto: «RIA Novosti»

Tunis hukumati COVID-19 virusi bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qilish uchun uchuvchisiz uchar jismlardan foydalanishga qaror qildi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

Fuqarolarning tana haroratini o‘lchash uchun harorat sensorlari bilan jihozlangan to‘rtta dron epidemiologik vaziyatni nazorat qilishga yordam beradi, deyiladi muassasaning «Facebook»dagi xabarida. Seshanba kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi yana paydo bo‘lgan kasallikni monitoring qilish milliy markazi bilan qishloq xo‘jaligi va baliqchilik vazirligi o‘rtasida tegishli kelishuv imzolandi.

«Yangi koronavirusni monitoring qilish va oldini olish milliy rejasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida fuqarolarning haroratini o‘lchash uchun to‘rtta uchar jismdan foydalanish to‘g‘risida kelishuv imzolandi, — deyiladi xabarda. — Kelishuv sog‘liqni saqlash vazirligining COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashda fuqarolar haroratini keng miqyosda o‘lchash orqali qo‘llab-quvvatlash uchun dron va harorat sensorlaridan foydalanishni nazarda tutadi».

Bundan tashqari, dronlar karnay bilan jihozlangan bo‘lib, uning yordamida aholi epidemiologik xavf-xatardan ogohlantirilishi va profilaktik qoidalarga amal qilishga chaqirilishi mumkin.

Ayni vaqtda mamlakatda 1087 kishida koronavirus qayd etilgan, 965 kishi tuzalgan, 49 kishi vafot etgan.

4-maydan Tunis hukumati iqtisodiyot sohasidagi cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qila boshladi — koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish, shuninglek, davlat muassasalari faoliyati qisman tiklandi. 15-maydan barcha zarur sanitariya me’yorlariga amal qilgan holda yirik savdo markazlari hamda bozorlar faoliyatiga taqiq olib tashlandi. 18-maydan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 65 yoshdan kattalar karantindan ozod qilindi. Tunis hukumati, shuningdek, 27-iyundan koronavirus tufayli yopib qo‘yilgan mamlakatning barcha chegaralarini ochmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring