Turkiyada koronavirus bilan kasallanish holati «kechagidan yaxshiroq»

Turkiyada bir kecha-kunduzda 3,1 ming kishida COVID-19 ni yuqtirish holati tasdiqlanib, koronavirusga chalinganlar soni 101 ming kishidan oshib ketdi, 115 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.
«Bugun 3116 ta yangi holat aniqlandi, jami kasallanganlar — 101 790. Bugun biz 115 nafar bemordan ayrildik, jami vafot etganlar — 2495. Jami 18 491 nafar bemor tuzaldi», — deb yozgan Koja «Twitter»da.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada koronavirus bilan kasallanish holati «kechagidan yaxshiroq».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter