Ukrainada ikki kundan beri COVID-19 bilan kasallanish kamaymoqda

«Liga.Novosti» xabariga ko‘ra, bugun, 19-aprel tongiga kelib, Ukrainada COVID-19 bilan kasallanganlar soni 5449 nafarga yetdi — bu sobiq ittifoq respublikalarida Rossiyadan keyin ikkinchi ko‘rsatkich.
Ukrainada koronavirus oqibatida 141 kishi vafot etgan, shifo topganlar 347 nafar.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, ikki kundan beri kasallikni yuqtirish holatlari kamaymoqda. Kecha 343 ta yangi holat aniqlandi, bir kun ilgari 444 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina SSV mamlakatda koronavirus eng yuqori cho‘qqisiga 17-aprel kuni chiqishini taxmin qilgandi.
Sayt xabariga ko‘ra, mamlakatda karantinni yumshatish masalasi 5-7 kundan keyin ko‘rib chiqilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter