Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina olgandan keyin ham niqob taqish kerak — JSST sababini tushuntirdi

Vaksina olgandan keyin ham niqob taqish kerak — JSST sababini tushuntirdi

Foto: «Xabar.uz»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Melita Vuynovich koronavirusga qarshi vaksina olgan kishilar niqob taqishni davom ettirishlari lozimligini ta’kidladi. Bu haqda TASS yozmoqda.

«Siz hatto vaksina olgan yoki ilgari kasallangan bo‘lsangiz ham niqob taqishni davom ettirishingiz kerak. Vaksina qabul qilgan odam o‘zi kasal bo‘lmagan taqdirda ham, uning organizmi virus tashuvchisiga aylanadi, makkor virus esa boshqa odam tanasiga o‘tish uchun payt poylaydi, bu hatto simptomlarsiz kechadi», — tushuntirdi Vuynovich.

Issiq havoda niqob taqib yurganda ko‘proq suyuqlik ichish, juda tez yurmaslik, noqulaylik tug‘ilganda nafas rostlab olish lozimligi tashkilot tomonidan tavsiya qilinyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring