Xavfli «Omikron» shtammi yana bir qit’aga yetib bordi

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida koronavirusning yangi «Omikron» shtammini yuqtirishning holati aniqlandi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Virus 27-noyabr kuni kechqurun Janubiy Afrikadan kelgan ikki fuqaroda qayd etilgan.
Ma’lumki, kasallanganlar koronavirusga qarshi emlangan, ularning kasalligi asemptomatikdir.
Sayohatchilar tibbiy muassasada izolyasiya qilingan.
JSST koronavirusning B.1.1.529 yangi shtammini yunon alifbosining 15-harfiga muvofiq «Omikron» deb atagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter