Xitoy koronavirusga chalingan bemorni davolashga qancha pul sarflashi ma’lum bo‘ldi
Xitoyda COVID-19 ga chalingan bitta bemorni davolashga o‘rtacha 21,5 ming yuan (3 ming dollardan ortiq), koronavirusdan qiynalayotgan og‘ir bemorni davolashga esa 150 ming yuan (21,3 ming dollardan ortiq) ketadi, deya ma’lum qildi XXR tibbiy ta’minot idorasi tibbiy xizmatlarni boshqarish masalalari bo‘yicha departament rahbari Syun Syanszyun.
«6-aprel holatiga ko‘ra COVID-19 tashxisi tasdiqlangan bitta bemorni statsionarda davolashga ketadigan xarajat taxminan 21,5 ming yuanga yetdi. Ayni vaqtda koronavirusdan qiynalayotgan og‘ir bemorni davolash xarajati 150 ming yuandan oshadi, kamdan-kam vaziyatlarda o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolashga bir necha yuz ming, ba’zida 1 million yuandan ortiq xarajat qilindi», — dedi Syun Syanszyun. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.
Syun Syanszyunning ta’kidlashicha, 6-aprel holatiga ko‘ra mamlakatning barcha hududlarida tashxisi tasdiqlangan hamda kasallikka chalinganligi gumon qilingan kishilarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolashga ketgan umumiy xarajat 1,48 milliard yuandan (211 million dollar) oshdi, tibbiy sug‘urta xarajatning 990 million yuan, ya’ni 66,6 foizini qoplaydi.
Shunga qaramay, xarajatlar bo‘yicha raqamlar hali yakuniga yetgani yo‘q, negaki tuzalgan kishilar to‘liq hisob-kitob qilinmagan, ustiga-ustak, hali-hanuz muolaja olayotganlar juda ko‘pchilikni tashkil etadi, ular orasida og‘ir bemorlar ham bir talay, shu bois kelgusida koronavirusni davolashga ketadigan xarajatning o‘rtacha qiymati ko‘tarilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter