Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazm va Toshkentda 49 kishi koronavirusdan tuzaldi

Xorazm va Toshkentda 49 kishi koronavirusdan tuzaldi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 2 nafar bemor butkul sog‘ayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ulardan 9 nafari Turkiyadan Istambul – Toshkent yo‘nalishida, 3 nafari Rossiyadan Moskva – Toshkent yo‘nalishida, 1 nafari esa Seul – Toshkent yo‘nalishida charter reyslar orqali kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 8 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Ushbu klinikada shu paytga qadar 49 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 63 nafarga yetdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayib chiqqan 53 yoshli va 38 yoshli bemorlar (ayol) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.

Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 30 nafari joriy yil 22 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan 29 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Xorazm, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan 5 nafardan, Buxoro va Andijon viloyatlaridan 4 nafardan, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Navoiy, Toshkent, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 61 nafar bemor butkul sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 94 nafarga yetdi.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 859 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring