Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijdan O‘zbekistonga kirishning yangi tartibi e’lon qilindi

Xorijdan O‘zbekistonga kirishning yangi tartibi e’lon qilindi

Foto: «Yandex»

Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida, xorijiy davlatlardan avia, temir yo‘l va avtotransport vositasi orqali O‘zbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

So‘nggi 14 kun davomida «yashil» davlatda (Xitoy, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Finlandiya, Latviya, Avstriya va Yaponiya) bo‘lib turgan shaxslar — O‘zbekiston hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladi.

«Sariq» (Ozarbayjon, Belarus, BAA va Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno) hamda «qizil» davlatlardan (qolgan barcha davlatlar) kirib kelayotgan shaxslar — so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirusga PZR testi manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etgan holda O‘zbekiston hududiga kiritiladi.

Agar shaxs so‘nggi 72 soat ichida koronavirusga test topshirmagan bo‘lsa yoki shaxsda koronavirus infeksiyasining alomatlari (yo‘tal, isitma va b.q.) mavjud bo‘lsa, O‘zbekistonga kelganidan so‘ng o‘tkazish punkti (aeroport, vokzal yoki boshqa) hududida o‘z hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tadi hamda O‘zbekiston hududiga kiritilib, 14 kunga mehmonxonaga yoki uy karantiniga yuboriladi.

O‘zbekistonga kelayotgan shaxslardan 14 kun davomida mehmonxonada yoki uy karantinida bo‘lish majburiyatini zimmasiga olish to‘g‘risida tilxat olinadi.

Tekshiruv natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, shaxs belgilangan tartibda karantin markazi yoki xohishiga ko‘ra mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring