Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni ikki milliondan oshdi

Yana bir mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni ikki milliondan oshdi

Foto: «Vosizneias.com»

Italiyada yangi turdagi koronavirusni yuqtirganlar soni jami ikki million kishidan oshdi, deya xabar berdi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Italiyada tibbiyot xodimlari 18040 ta COVID-19ni yuqtirish holatini aniqlashgan. Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 2 009 317 kishida koronavirus qayd etilgan bo‘lib, shundan 593 632 tasi faol.

O‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirus bilan kasallangan 505 kishi vafot etdi. Epidemiya boshlanganidan beri jami 70,900 bemor hayotdan ko‘z yumgan. Umumiy hisobda 1 344 785 kishi tuzalgan.

11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring