Yana ikki qurbon: koronavirusga chalingan 55 va 59 yoshli bemorlar vafot etdi

Yunusobod tumanida yashagan 55 yoshli fuqaro A.X. (erkak)da 5-iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va u 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
SSV xabariga ko‘ra, shifoxonada unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, markaziy nerv sistemasi intoksikatsiyasi kabi asoratlar bilan kechgan.
Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
So‘nggi kunlarda hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida amalga oshirilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, u o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 59 yoshli fuqaro B.S. (erkak)da 9 iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va u 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
Tibbiyot muassasasida unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, diabetik nefropatiya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, markaziy nerv sistemasi intoksikatsiyasi kabi asoratlar bilan kechgan.
Bemorda yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, koronar qon tomirlarni stentlashdan keyingi holat (2008, 2012-yillarda), gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan.
Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
Asosiy kasallik og‘ir kechishi va asoratlari hisobiga ahvoli keskin yomonlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay, bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi sababli vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter