Yaponiya koronavirusga qarshi million doza vaksinani tashlab yuborishga majbur

Noto‘g‘ri shpritslar tufayli millionlab yaponlar Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalana olmaydi. Bu haqda «The Japan Times» nashri mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Norixisa Tamuraga asoslanib xabar bermoqda.
O‘tgan oy hukumat har bir ampulada olti doza preparat borligidan kelib chiqib, 72 million kishini emlash uchun yetarli miqdorda dozani olganini e’lon qilgandi. Biroq Yaponiyada ishlatiladigan standart shpritslar faqat beshta doza preparatni chiqarib olishga mo‘ljallangan.
Hukumat tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilardan maxsus shpritslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni so‘radi. Hukumat matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, ampuladan chiqarib bo‘lmaydigan oltinchi dozani tashlab yuborishga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter