Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizga jami nechta vaksina keltirilgan?

Yurtimizga jami nechta vaksina keltirilgan?

Foto: SSV

Hozirgina ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 3 million dozasi yurtimizga olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 17 million 856 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

370 000 dozasi «Sputnik V»,

986 480 dozasi AstraZeneca,

13 500 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,

 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar 12 million 750 ming 44 doza vaksina emlash jarayonlarida foydalanildi.

Shuningdek, shu kungacha koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar 1 million 479 ming 304 nafarni tashkil qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring