Adabiyotshunos olim Homidjon Homidiy vafot etdi
Taniqli adabiyotshunos olim, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Homidjon Homidiy vafot etdi.
Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Turli yillarda olimning «Gumanizm kuychisi», «Barhayot she’riy qasr», «Boqiy bo‘ston tarovati», «Shohnomaning shuhrati», «Qirq besh alloma Hikoyati», «Ajdodlar sabog‘i – aql qayrog‘i», «Ko‘hna Sharq darg‘alari», «Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni» (hammuallif), «Tasavvuf allomalari», «Olis-yaqin yulduzlar», «Namangan adiblari» (hammuallif), «Koson tarixi» (hammuallif), «Avestodan Shohnomaga», «Daholar davrasi» singari o‘ttizga yaqin kitoblari nashr qilingan.Bundan tashqari olim bir qancha darslik va o‘quv qo‘llanmalarning muallifidir. Turli ilmiy to‘plam, jurnal hamda vaqtli matbuotda olimning 500 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan.
Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter