Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Afandi» latifalari YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi

«Afandi» latifalari YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston tomoni shu kunlarda Marokash davlatining Rabot shahrida bo‘lib o‘tayotgan YuNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mitasi 17-sessiyasida ikkita element – «Ipakchilik va to‘quv uchun an’anaviy ipak ishlab chiqarish» hamda «Xo‘ja Nasriddin haqidagi latifalarni takrorlash an’analari»ni Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish tashabbusi bilan chiqdi.

Tadbirda O‘zbekistonga oid mazkur nomoddiy madaniy meros elementlari YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgani e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, endilikda har ikki element xalqaro miqyosda butun insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi sifatida tavsiflanadi va nomoddiy madaniy merosning ushbu turlarini e’tirof etiladi.

Ma’lumot uchun, hozirga qadar O‘zbekiston tomonidan Navro‘z umumxalq bayrami, palov tayyorlash madaniyati va an’anasi, askiya san’ati, katta ashula san’ati, lazgi san’ati, baxshichilik san’ati, Boysun madaniy makoni va Shashmaqom. Atlas va adras tayyorlashning an’anaviy texnologiyalarini saqlash bo‘yicha Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini asrab-avaylash bo‘yicha yetakchilar reyestridan joy olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring