Aktyor Maykl Medsen 67 yoshida vafot etdi

Amerikalik aktyor Maykl Medsen 67 yoshida vafot etdi.
Gollivud yulduzining jasadi Malibudagi o‘z uyida topilgan. Aktyorning menejeri Ron Smit aytishicha, Maykl Medsenning yuragi to‘xtab qolgan.
Maykl Medsen 170 dan ortiq filmda suratga tushgan. Asosan Kventin Tarantinoning trillerlaridagi rollari orqali tanilgan — «Quturgan itlar» (1992), «Billning qotili» (2003-2004), «Bir paytlar Gollivudda» (2019) va boshqalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter