Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amir To‘ra» madrasasi va «Xasan Murod qushbegi» masjidi 8,5 million AQSh dollariga ta’mirlandi

«Amir To‘ra» madrasasi va «Xasan Murod qushbegi» masjidi 8,5 million AQSh dollariga ta’mirlandi

«Amir To‘ra» madrasasi va «Xasan Murod qushbegi» masjidi Madaniy meros ob’yektlarida 2016 yil ta’mirlash tiklash ishlari olib borish uchun loyiha smeta hujjatlari tayyorlandi.

«Amir To‘ra» madrasasi hamda «Xasan Murod qushbegi» masjidida 2017 yilda poydevor qismlarini mustahkamlash ishlari olib borildi va devorlarning cho‘kishi natijasida hosil bo‘lgan yoriqlar bartaraf qilindi, tom qismi va gumbazlar ta’mirlanib tomdagi yoriqlar bartaraf qilindi.

2018 yilda madrasa va masjidning ichki va tashqi devorlarida to‘liq ta’mirlash-tiklash ishlari olib borildi, xonalarning asl holatini saqlab qolgan holda, devorlardagi ganch suvog‘i va pol to‘shamalari ta’mirlandi. «Xasan Murod qushbegi» masjidini peshtoq qismi ganch suvoq qilindi, ichki qismidagi yog‘och ustunlar ta’mirlandi.

2019 yilda obidalarning atrofi obodonlashtirildi, tashqi devorlarida ta’mirlash-tiklash ishlari olib borildi.

«Amir To‘ra» madrasasidan Bog‘cha darvozagacha yo‘llaklarga oxak toshdan pol to‘shamalari yotqizildi. Mazkur ob’yektlarda ta’mirlash-tiklash ishlari 2019 yil dekabr oyida yakuniga yetkazildi. 2020 yil mart oyida binoni topshirish ko‘zda tutilgan. Ikki ob’yektga Madaniyat vazirligiga ajratilgan grant hisobidan 8,5 million AQSh dollari sarflandi.

Shuningdek, yurtimizning ko‘rki hisoblanadigan madaniy meros ob’yektlarimizda qayta ta’mirlash (rekonstruksiya) ishlari olib borilmaydi, aksincha, ta’mirlash (restavratsiya) va konservatsiya ishlari qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring