Buyuk Britaniya Iroqdan o‘g‘irlangan narsalarni qaytarib beradi

Britaniya muzeyida saqlanayotgan Iroqqa tegishli tarixiy ashyolar qaytarib beriladi, deb xabar bermoqda «Sabah.com.tr» sayti.
Iroq 2003-yili ishg‘ol etilganida besh ming yillik tarixga ega osoriatiqalar Londonga olib ketilgan edi.
London politsiyasi — «Scotland Yard» o‘tkazgan operatsiyalar chog‘ida muzeyda 8 ta tarixiy asar ko‘rgazmaga qo‘yilgani aniqlandi. Ular Iroqdan o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi. Bular orasida shumerlarga oid yozuv, javharlar va boshqa qimmatbahor narsalar bor.
Tarixiy meros Iroqning Londondagi elchixonasiga topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter