Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh prezidentlarini tinch qo‘yishmayapti: goh qulog‘idan tortishadi, goh burniga chertishadi

AQSh prezidentlarini tinch qo‘yishmayapti: goh qulog‘idan tortishadi, goh burniga chertishadi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Amerikaning sobiq prezidenti Donald Trampning haykali tashrif buyuruvchilarning tajovuzkor harakatlari tufayli Texasdagi Madam Tyussoning nevarasi Luining mum haykallar muzeyi ko‘rgazmasidan olib tashlandi. Bu haqda Lui Tyusso muzeyiga egalik qiluvchi Ripley Entertainment kompaniyasi menejeri Kley Styuart ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzey rahbariyati Trampning mum haykalini ko‘rgazmadan olib tashlashga majbur bo‘ldi, chunki tashrif buyuruvchilar eksponatga zarar yetkazishmoqda.

«Agar bu yuqori martabali siyosiy arbob bo‘lsa, hujumlar muammoga aylanishi turgan gap», — deya 17-mart kuni San Antonio Express-News nashri Styuartning so‘zlarini keltirgan.

Tashrif buyuruvchilar eksponatga 2020-yil yozida, prezidentlik poygasi avjiga chiqqan paytda zarar yetkaza boshladilar, deya ta’kidladi kompaniya menejeri. Uning aytishicha, haykal muzey xodimlari ko‘z-quloq bo‘lib turadigan zalga ko‘chirilgan. Lekin bu ham ayrim mehmonlarni to‘xtatib qololmagan.

Muzey AQShning yangi prezidenti Jo Baydenning mum haykalini olmaguncha hozirda maxsus xonada saqlanayotgan eksponat ko‘rgazmaga qaytarilishi amrimahol, dedi Styuart.

«Prezident bo‘limida hamisha muammo bo‘lgan. U qaysi prezident bo‘lishi muhim emas — Jorj Bush, Barak Obama yoki Tramp. Ularni kaltaklaydigan odamlar topiladi. Obamaning olti marta quloqlarini yulib olishgan. Kichik Bushning burniga chertishgan», — deya qo‘shimcha qildi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring