«Dizayn» jamoasining litsenziyasi olib qo‘yildi
![«Dizayn» jamoasining litsenziyasi olib qo‘yildi](http://static.xabar.uz/crop/7/2/720_460_95_72148503.jpg)
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi «Dizayn» teatr jamoasining litsensziyasini bekor qildi. Bu haqda muassasa axborot xizmati xabar berdi.
«Dizayn» jamoasi bilan tuzilgan litsenziya bitimlarining talablar va shartlar qo‘pol ravishda buzilgani, ya’ni milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, ma’naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan nomunosib harakatlar orqali qiziqchilik san’atini beobro‘ etib, san’atkor odobiga rioya etmaganligi uchun «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan jamoaga berilgan AY-0035 con litsenziya 2018-yil 11-avgust kunidan bekor qilinadi», deyiladi xabarda.
Yuqorida aytilgan qonunning 23-moddasi va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan nizomning 37-bandida nimalar deyilgan?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter