Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Matonat» filmining o‘zbek va rus tillaridagi premerasi bo‘lib o‘tdi

«Matonat» filmining o‘zbek va rus tillaridagi premerasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Kinematografiya agentligida «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» DUK tomonidan suratga olingan «Matonat» hujjatli filmining o‘zbek va rus tillaridagi namoyishi tashkil etildi.

Premera avvalida, Agentlik bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, film rejissyori Shuhrat Mahmudov, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixona vakili Vladimir Yuriyevich, Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov, «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» DUK direktori Bahodir Odilovlar so‘zga chiqib, ijodkorlarni qutlashdi.

«Matonat» filmi Kinematografiya agentligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suratga olingan. Unda II jahon urushida qatnashgan 101 o‘zbekistonlik yurtdoshimizning urushda G‘alabaga qo‘shgan hissasi hamda Gollandiyaning Amersfort shahrida joylashgan konslagerlarda halok bo‘lgan o‘zbek askarlarining taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Premeradan so‘ng ijodiy jamoa bilan suhbat tashkil etildi.

Film ijodkorlari: rejissyor Shuhrat Mahmudov, ssenariy muallifi Roziqa Mergenbayeva, operatorlar Rifkat Ibragimov, Rustam Magadiyev, rassom Bektosh Rajabov, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring