«Forbes» eng serdaromad aktrisalarni e’lon qildi
«Forbes» 24-avgust kuni tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda eng ko‘p daromad oluvchi aktrisa Skarlet Yohansson hisoblanadi, u 2018-yilning 1-iyunidan 2019-yilning 1-iyunigacha bo‘lgan davrda qariyb 56 mln. dollar ishlagan.
Yohansson shu pullarning qatta qismini «Marvel» studiyasi filmlaridagi rollari uchun oldi. Aktrisaga «Qasoskorlar. Final» filmidagi ishtiroki uchun 35 mln. dollar gonorar to‘langan. Ekranlarga 2020-yili chiqadigan «Qora beva» filmidagi roli uchun ham u kattagina gonorar olgani aytilmoqda.
Eng ko‘p daromad oluvchi aktrisalar orasida ikkinchi o‘rinda avvalo «Amerikancha oila» komik serialidagi roli bilan tanilgan kolumbiyalik va amerikalik aktrisa Sofiya Vergara — 44,1 mln. dollar.
Uchinchi o‘rinda 35 mln. dollar daromad bilan Riz Uizerspun. Nikol Kidman (34 mln.) to‘rtinchi, Jennifer Eniston (28 mln.) beshinchi o‘rinda.
O‘tgan yili ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Anjelina Joli, shuningdek, Keyt Blanshet, Jennifer Lourens va Juliya Robertslar bu safar reytingga kiritilmadi.
Eslatib o‘tamiz, «Forbes» 21-avgust kuni e’lon qilgan reytingda Dueyn Jonson erkak aktyorlar orasida birinchi bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter