Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Garri Potter» yulduzi 52 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

«Garri Potter» yulduzi 52 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Foto: «Zimbio.com»

Britaniyalik teatr va kino aktrisasi Xelen Makkrori vafot etdi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Demien Lyuis «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qilgan.

«Saraton kasalligiga qarshi qahramonlarcha kurashdan so‘ng go‘zal va kuchli ayol Xelen Makkrori uyda oilasi va do‘stlari davrasida hayotdan ko‘z yumdi. U qanday yashagan bo‘lsa, shunday — mardlarcha vafot etdi. Biz uni yaxshi ko‘rardik. Hayotimizga kirib kelganidan baxtiyormiz. U yonib yashadi. Joying jannatda bo‘lsin, mittivoy. Senga rahmat», — deb yozgan Lyuis.

«Garri Potter» yulduzi 52 yoshda edi. U o‘zining tashxisi haqida og‘iz ochmagan.

Makkori klassik asarlarda aktrisa sifatida mashhurlikka erishdi. Garri Potter haqidagi seriyali filmda u Narcissa Malfoy rolini o‘ynadi.

Uning ishtirokidagi boshqa film va seriallar: «Vaqt qo‘riqchisi», «Doktor Kim», «Qo‘rqinchli ertaklar», «Omadsizning xotiralari» va «007: «Skayfoll» koordinatalari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring