Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom olamidagi eng katta kutubxona ochildi (video)

Islom olamidagi eng katta kutubxona ochildi (video)

Foto: «Day.az»

Turkiya poytaxti Anqarada 20-fevral kuni islom olamidagi eng katta kutubxona tantanali ravishda ochildi. «Day.az» xabariga ko‘ra, buning tashabbuskori — prezident Rejep Tayyib Erdog‘an.

Kutubxona binosi saljuqiylar, usmonlilar va zamonaviy me’morchilik an’analari asosida qurilgan. Bir paytning o‘zida 5 ming nafar kitobxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oluvchi kutubxona kechayu kunduz, dam olish kunlarisiz ishlaydi.

Kitob fondi (4 mln. bosma nashr va 120 mln.dan ortiq elektron fayllar)ning kattaligi va boshqa jihatlari bobida bu jahondagi eng katta kutubxonalardan biridir.

Yana bir diqqatga sazovor jihati, kutubxona shundoqqina prezident saroyining yonginasida joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring