Jonli ijroda konsert beradigan san’atkorlarga 50 foizlik ijara imtiyozi beriladi
Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasining jamiyatdagi o‘rni va ta’sirini oshirish haqidagi PF-6000-sonli Farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra:
— davlat tasarrufidagi konsert va madaniyat saroylarida to‘liq jonli ijro asosida o‘tkaziladigan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma qilib beriladi;
— konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig‘im bekor qilindi;
— davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar xizmat ko‘rsatganda albatta yozma va haq evaziga tuziladigan shartnoma tuzilishi belgilandi;
— San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tuzildi;
— Respublika qo‘g‘irchoq teatriga O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri nomi berildi;
— 2020 yil sentyabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi «ochiq eshiklar kuni» deb e’lon qilinib, o‘sha kuni muzeylarga kirish bepul bo‘ladi;
— 15 aprelni «Madaniyat va san’at xodimlari kuni» deb belgilash to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter