Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi

Jurnalist Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi.

Murod Xidir 1939-yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 1962-yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.

«Guliston», «Sharq yulduzi» va «San’at» jurnallarida ham faoliyat yuritgan. «Sirli olam» jurnali, «Qalb ko‘zgusi» va «Sohibqiron yulduzi» gazetalarida yesa bosh muharrirlik vazifasini bajargan.

Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Murod Xidir «Qirg‘oqlar», «Amu sohillar bo‘ylab», «Ko‘zacha va bo‘tacha», «Toshko‘l», «Kiyikcha va bo‘ynoq», «Harf o‘yini» kabi kitoblar muallifi hisoblanadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring